Assimilyatsiya emas, dissimilyatsiya jarayoni sodir bo‘ldi! Eldor Shomurodov va Oston O‘runov nega o‘zini ko‘rsata olmadi?

  • 28 iyul, 2024, 17:28
  • Karim Xudayqulov
  • 10
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov va Oston O‘runovning terma jamoada o‘zini ko‘rsata olmaganini ko‘pchilik ta’kidladi. Chindan ham ular termamizning asosiy lideri bo‘lib, jamoani tortishi kerak edi. Biroq bunday bo‘lmadi. Sabablar haqida gapiradigan bo‘lsak, buni ikkita terma jamoaning o‘yin uslubidagi farq bilan solishtirishimiz mumkin: 

Tecno

Misol uchun, Temur Kapadze jamoasi ko‘proq to‘p nazoratini o‘z qo‘liga oladigan, maydon markazida kreativga urg‘u berib, raqib mudofaasini pozitsion hujumlar orqali yorib kirishga o‘rgangan jamoa hisoblanadi. Eldor Shomurodov va Oston O‘runov esa solo yurishlari bilan, bo‘sh zonalarga ochilishi bilan ajralib turadi. Ularning ustunligi aynan tezlik va bo‘sh zonalar. 

Butun boshli mexanizmga aylanib ulgurgan jamoa turnir davomida o‘z uslubidan chekinib, Eldor va Ostonni to‘p bilan ta’minlashga qilgan harakatlari, mana shu futbolchilarning o‘zi ham o‘sha jamoaga moslashishga harakat qilmasdan, o‘zining ustun tomonlaridan foydalanishda qolganlarni "qurol"ga aylantirgani termaning o‘yinida buzilishlarga olib keldi. Hujum instrumentlari va kreativlar deyarli ishlamadi. 

Bu erda assimilyatsiya jarayoni sodir bo‘lishi kerak edi. Ya’ni pozitsion futbol hamda tezkorlik bir-biriga birikishi kerak edi. Biroq amalda dissimilyatsiya jarayoni sodir bo‘ldi. Ya’ni bir-biriga o‘xshamaydigan ikki xil qutb bir maydonda bo‘lib qoldi. Bu vaziyatda  Eldor va Ostonning ham o‘yini chiqmaydi va Olimpiya terma jamoamizning o‘ylangan strategiyalari ham ish bermaydi. 

Deylik, Lamin Yamal va Niko Uilyams o‘ta tezkor. Shu bilan birgalikda ular texnik tomonlama ham anchagina maqtovga sazovor. Ularning tezkorligi ma’lum epizodlarda, solo yurishlarda ish beradi. Texnik imkoniyatlari (yaxshi uzatmalar bera olishi, birga-bir holatda raqibni aldab o‘tishi)  va jamaoviy o‘yinning ham hadisini olganligi ularni Ispaniya terma jamoasida yaqqol porlashiga sabab bo‘ldi va ular o‘z "skill"lari bilan "Qizil Furiya" o‘yinini buzib qo‘ymadi. Biroq mana shu tarkibda faqat yuguradigan, asosan tezkor qarshi hujumlarda yoki 4-5 ta pas bilan uyushtiriladigan tavakkal hujumlarda mahorati qo‘l keladigan Kolo-Muani yoki Barkola bo‘lganida, balki Ispaniya bu qadar yorqin o‘ynay olmagan bo‘lardi. 

Katanets jamoasida 5 himoyachi, ikkita tayanch va 3 ta hujumkor futbolchi harakat qiladi. Tayanchdagi ikkita futbolchi ham odatda kreativga javob bermaydi. Asosan markazda balansni ushlaydi, raqib hujumlarini to‘xtatadi va ularga oldinga o‘tishga ruxsat kam. Mana shunday holatda Eldor va Oston tezligi orqali qarshi hujumlarga tez qochadi, pressing orqali raqib himoyachilari shoshirib qo‘yadi, kurashuvchanligi bilan to‘pni yutib ketib, hujumda xavf tug‘diradi. 

Kapadze jamaosi total futbol o‘ynaydi. 4 ta himoyachi, bitta tayanch va bitta sof yarim himoyachi, shuningdek, tarkibda toza hujumkor yarim himoyachi ham bor (Jasur Jaloliddinov). Uni Ispaniyadagi Olmo yoki Pedriga qiyoslasak bo‘ladi. O‘zbekiston OTJning uslubi uchrashuvni sokinlashtirib, ehtiyotkorlikka urg‘u berib, ma’lum epizodlarni poylash va o‘sha epizodlarda tarkibdagi "tulpor"larga ishonish emas. Ular futbol o‘ynaganida xavfliroq. 

Biz Evroda ko‘rgan Frantsiya hujumdagilarning tezligiga tayanib o‘ynadi, hujum instrumentlari ishlamadi va bor ma’suliyat ularning hujumdagi mahoratiga topshirib qo‘yildi. Buning evaziga yarim himoya va himoya "betonladi". Risksiz futbol. Yaxshi uslub. 

"Parij-2024"da nima sodir bo‘ldi? Biz shunchaki, "Kolo-Muani" va "Barkola"ni "Ispaniya terma jamoasi"da ko‘rdik. Afsuski, tanlovlar ikki tomon uchun ham zararli bo‘ldi. Foydali bo‘lishini hammamiz kutgandik. Shunday bo‘lishi ham mumkin ham edi, chamamda. 

Aliqulovning ta’siri esa bilinar-bilinmas, ya’ni mana shu pozitsiyada harakat qilib, o‘yin dinamikasiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. 


 

Karim Xudayqulov maqolasi
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
28/07/2024 21:23
Хамани узини профессияси бор футболчими футболни уйнасин шуни кетидан оиласини бокяпти булмаса бушатиб куйсин шунча одам манашуларга ишонган эди


Baxil Alihuja
28/07/2024 21:56
бир тарафдан яхши булди. халк хисобидан бериладиган куплаб тахое машинаси ёнга колди.
.... ....
28/07/2024 18:27
Buladan kotta umid kutilgandi Olypiada termasiga qoshimcha kuch qoshishadi dip. Ming afsus, barbir murabbiy omiliyujaxon futbolida individlar emas balki aql va taktika xal qilish omili ekanligni korsatib qoydi. Bizani juda puxta urganishibdi. kapadze shundan kelib chiqib uzgacha taktika tanlashkeregidi. Uzbekiston taktikasi bilan futbalistlarini ispaniyam, Misram yotlavolavogakan!
Дилшод Хамзаев
28/07/2024 18:16
Кападзени Бердиевни термага мураббий қилиш керак деганлар буни яхшилаб тушиниши керак.икковиям мураббий бўп кўрди лекин ҳеч нима қила олмаган.кечаги ўйинларда Катанец бўлганида термага бошқа муҳит тактика киргизарди.хуллас тажрибали мураббий бўлгани яхши.Катанецга ишонишамиз.
Умар Мустафо
29/07/2024 19:27
Элдорни савияси аник булди ундан кура Сергеев фойдалиро эди балки ёшларни узи
Negmat Negmatov
28/07/2024 23:43
Макола учун миннатдорчилик билдараман, Элдор ва Остон тугрисида хамда уйин тактика тугрисида хакикатни ёзганлар. Узур факат бошка футболчилар хафа булишмасин 《Аббосбек хам》,факатгина Жасур Жалолиддинов сидки дилдан, кузи ёниб уйнади. А так дебютант
&
Адхамжон Низомов
28/07/2024 21:09
Кечадан бери азадаман.хеч нарса езгим келмаяпти.
Baxil Alihuja
28/07/2024 20:41
olimpia termasiga tajriba yetishmadi.
Kopadze juda yaxshi yigit, lekin horijda tajribasi yuq. evropadan tajribali trenerni expert sifatida taklif qilish kerak edi.
Box buyicha termamiz jahonda eng zurlardan, shunday bulsa ham, kubadan expert chaqirilgan. futbol buyicha 50talikka ham kirmaymiz, evropadan maslahatchi kerak edi
Шухрат Хусаинов
28/07/2024 19:18
Олмо Педро катаю жалолиддинов катда езаверар эканда после пожара...насос урток журналист.
Azam Nazarov
28/07/2024 18:48
Футбол ўйнамасанг........... Катта гапирма........ Бир майдонга тушиб тўпни тепиб кўргин........
Йигитларни ўйини ёмон эмас....... Кўнгилни чўктирманглар футболистлар...... Даврамиз давом этади