Asror Aliqulov: "Tarkibni yangilashimiz kerak"

  • 20 noyabr, 08:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 29-turida “Sho‘rtan” klubi o‘z uyidagi oxirgi uchrashuvini “Buxoro”ga qarshi o‘tkazdi. Kelasi mavsumni pro ligada o‘tkazishi aniq bo‘lgan “Sho‘rtan” “Buxoro” bilan bahsda 1:1 hisobini qayd etdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida g‘uzorliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov savollarga javob berdi.

Tecno

- Birinchi navbatda kurashlarga boy o‘yin bo‘lib o‘tdi. O‘z maydonimizdagi oxirgi o‘yin edi va muxlislarni g‘alaba bilan xursand qilishni oldimizga maqsad qilib qo‘ygandik. “Buxoro”ni ham bilardik, oddiy jamoa emas. Oxirgi bir nechta uchrashuvda yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti, ishonchli himoya. Standart holatlarda bo‘ydor futbolchilarga ega. Tayyorgarlik ko‘rdik va kurashdik. Hisobda orqada bordik, keyin tenglashtirdik. Tayyorgarlik ko‘rganimizga qaramay baribir standartdan gol o‘tkazib yubordik. Lekin futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Xarakter ko‘rsatib, oxirigacha kurashdik. Oxirgi daqiqalarda g‘alaba yo biz tomonga yo “Buxoro” tomonga o‘tib ketishi mumkin edi. Biz ham himoyani esdan chiqarib hujumga o‘tdik. “Buxoro” ham xuddi shunday. Bo‘ydor hujumchilarini tushirdi. Durang bugungi uchrashuvga mos bo‘ldi, deb o‘ylayman.

- “Sho‘rtan” 2013 yildan buyon “Buxoro”ni yutolmayapti. Bu statistika sizga nimani anglatadi? “Buxoro” “Sho‘rtan” uchun qanchalik noqulay raqib?

- Statistikaga e’tibor qilmaymiz. Ko‘proq kim tayyor, qaysi jamoa tayyor, qolaversa, omadni ham tilga olmaymiz. Bugun og‘ir o‘yin o‘tkazdik. O‘yinni yaxshi boshladik. Ammo ular baquvvat o‘yinchilarga ega. Yakka kurashlarda o‘yinchilarimiz kichkina. Baribir oxirigacha kurashdik. “Buxoro”ni yildan-yilga tarkibi o‘zgaradi, bizda ham. Statistika o‘yin oldidan bizga bosim o‘tkazgani yo‘q.

- “Sho‘rtan” pro ligaga tushib bo‘ldi. Bu tarkib qanchalik saqlanib qoladi? Pro ligada maqsad qanday bo‘ladi? Sizni klubdagi taqdiringiz-chi?

- Shartnoma yilni oxirigacha. Rahbariyat tomonidan yana Superligaga qaytish vazifasi bor. Tarkibga kelsak, bu borada ish olib boryapmiz. Tarkibni ancha yangilashimiz kerak. Pro ligada ko‘proq kurashuvchan, ko‘p yuguradigan, jismoniy kuchli o‘yinchilar kerak. Hozirgi tarkibdan bir nechtasini olib qolmoqchimiz. Selektsiya ishlarini boshlab yuborganmiz.

- “Sho‘rtan”ni pro liga a’zosiga aylanishiga qanday omillar sabab bo‘ldi?

- Bu savolga javob berish...”Sho‘rtan” birinchi davrada kurashuvchan jamoa edi. Ko‘p yugurardi, raqibga bosim uyushtirilardi. Ikkinchi davrada ko‘proq yosh futbolchilar jalb qilindi. Ayrim saviyasi balandaroq klublarda to‘p surgan o‘yinchilar olib kelindi. Yuqori vazifalarni bajarish uchun yoshlarda Superliga tajribasi yo‘qlik qildi, deb o‘ylayman. Ko‘rinib turibdiki, ularga Superliga tezligiga, kurashlari uchun vaqt kerak. O‘yin tomonlama yomon emas. Kuchli raqiblardan ham ochkolar tortib olgan. Baribir bu Superligada qolish uchun kamlik qildi.   

- Tarkibni asosi va murabbiylar almashgan taqdirda “Sho‘rtan”ni pro ligadan Superligaga qaytish holatini qanday deb o‘ylaysiz?

- Har bir murabbiy futbolchi jalb qilish jarayonida qanaqa futbol xohlayapti, shunga mos keladigan o‘yinchilarni hisobga olish kerak. Yaxshi futbolchi bo‘lishi mumkin, biroq siz xohlagan futbolga mos tushmasligi ham mumkin. Hamma tomonini o‘ylab ko‘ramiz. Pro ligada 1-o‘rinnii maqsad qilganmiz. Biz qanday futbolni ko‘rmoqchi bo‘lsak, shunga mos o‘yinchilarni jalb qilamiz. Hozirgi tarkibdan ham ko‘pchiligini saqlab qolmoqchimiz. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!