
Aspinall: "Ular UFC kamari uchun kurashga loyiq emas"
Og‘ir vaznda (120 kg) vaqtinchalik UFC chempioni britaniyalik Tom Aspinall yil oxirida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Jon Jons(27-1-1 N/C) va Stipe Miochich(20-4) o‘rtasidagi chempionlik jangining tashkil etilishini tanqid qildi.
“Nega 42 yoshli yigitni jangga qo‘yishyapti? Men Stipeni tushunaman va uning faoliyatida erishgan yutuqlarini hurmat qilaman, shuningdek Jon Jonsning ham mehnatlarini qadrlayman. Ammo ular og‘ir vazn toifasidagi chempionlik unvoni uchun kurashishga loyiq emas”, – dedi Aspinall “Believe You Me” podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Jons 2023 yilning mart oyidan beri jang o‘tkazmagan, u "UFC 285" turnirida vakant chempionlikni qo‘lga kiritib, birinchi raunddayoq fransiyalik Siril Ganni erta mag‘lub qilgandi. Miochichga kelsak, u 2021 yilning mart oyidan buyon musobaqalarda qatnashmadi, u "UFC 260" musobaqasida kamerunlik Frensis Ngannuga nokaut evaziga yutqazgandi.
Fikrlar