
Asosiy masala Paralimpiya sportini rivojlantirish va Tokio-2020 ga tayyorgarlik ko‘rish
Yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan masalalarning dastlabkisi bu xududlarda Paralimpiya sportini ommalashtirish, u erdagi iqtidorlarni saralab olish bo‘yicha selektsiyani kuchaytirish bo‘ldi.
"Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz 5 ta sport turida ishtirok etishgan bo‘lishsa, Tokio-2020 da bu ko‘rsatgich 8 taga etadi. 2024 yil Parijda bo‘ladigan Paralimpiya o‘yinlarida esa sport turlari soni yanada ortishi kerak. Buning uchun biz xududlarda selektsiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishimiz hamda sportga qiziqishi va qobiliyati bo‘lgan yigit-qizlarni saralab olishimiz lozim. Shundagina ko‘zlagan maqsadga erishishimiz mumkin", - deydi M.Toshxodjaev.
Keyingi masala Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritgan va kiritishi kutilayotgan sportchilarning tayyorgarligi haqida bo‘ldi.
Assotsiatsiya raisi bu borada ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Barchamizga yaxshi ma’lum koronavirus pandemiyasi sabab deyarli barcha sport turlari bo‘yicha litsenzion musobaqalar bekor qilindi va bundan tashqari xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga ham vaqtincha cheklov qo‘yildi. Shu bois Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritgan va qo‘lga kiritishi kutilayotgan sportchilar bilan mashg‘ulotlarni O‘zbekistonda davom ettirish kerak. Ular yurtimizning istagan xududida shug‘ullanishlari mumkin. Bu borada sportchilarga barcha sharoitlar yaratib beriladi".
Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan so‘nggi masala antidoping bo‘yicha bo‘ldi. Muxtorxon Toshxodjaev bu borada ham o‘z fikrlarini aytib o‘tdi:
"Xalqaro musobaqalarda ishtirok etayotgan har bir sportchi avvalambor O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Shunday ekan, u erda kelib chiqadigan doping bilan bog‘liq turli mojarolar vatanimiz sha’niga putur zarar etkazadi. Qolaversa, bunday holat nafaqat sportchining, balki uni etishtirgan murabbiyning ham bir necha yillik mehnatlarini yo‘qqa chiqaradi.
Shu sababli bu kabi xatolarga yo‘l qo‘yishga hech bir sportchining haqqi yo‘q. Bu borada siz murabbiylardan doimo xushyor bo‘lishni va sportchining ta’qiqlangan moddalarni qabul qilishiga yo‘l qo‘ymasligingizni so‘rayman".
Yig‘ilish davomida murabbiylar kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini va takliflarini bildirishdi.
Fikrlar