"Aslo ortga tashlangan qadam deb o‘ylamayman, chunki..." yoxud Shahboz Erkinovga "Andijon"da nima yoqqanini bilasizmi?

  • 5 mart, 2022, 01:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi o‘z safiga bir qator yangi o‘yinchilarni qo‘shib oldi va ularning orasida tajribali futbolchilar ham bor. Ayniqsa, ko‘zga ko‘ringan hujumchi Shahboz Erkinovning “Burgutlar” safiga qo‘shilishi muxlislarni quvontirib yubordi.

Tecno

U faoliyati davomida bir qancha etakchi jamoalar safida to‘p surdi. “Andijon”ga kelguniga qadar “Bunyodkor” sharafini himoya qilganini yaxshi bilasiz. Endi esa Erkinov “Andijon”ning bir bo‘lagiga aylandi. Bu erga uni taklif qilishdan asosiy maqsad jamoani Superligaga qaytarishda tajribasidan foydalanish. O‘z navbatida Shahboz ham klubga yordam berish uchun bor kuchini sarflashga tayyor. Kuni kecha tajribali hujumchi ayrim savollarimizga javob qaytardi.

- Shahboz, “Andijon” klubiga o‘tganingiz bilan tabriklayman. Ochig‘i, ko‘pchilik buni kutmagandi. Ayting-chi, “Andijon” jamoasiga o‘tishingizga nima turtki berdi?

- Birinchi turtki bergani bu – ularning loyihasi menga yoqdi. Jamoadagilarning menga bo‘lgan qiziqishi ham manzur bo‘ldi. Qolaversa, klubning Superligaga qaytish xohishi kuchliligi ham meni o‘ziga tortdi. Bu haqida jamoa rahbarlari bilan gaplashganimdan so‘ng o‘zimda ham “Andijon”ga nisbatan qiziqish uyg‘ondi va ularning taklifini qabul qildim.

erkinov3_1

- Bilamizki, bunga qadar “Bunyodkor” sharafini himoya qildingiz va klubning asosiy hujumchilaridan biri edingiz. Ushbu klubni tark etishni oldindan rejalashtirib qo‘yganmidingiz yoki barchasi to‘satdan yuz berdimi?

- U erda ko‘proq yoshlarga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, klub akademiyasidagi tarbiyalanuvchilarga suyanishadigan bo‘ldi. Bunday qarorni klub prezidenti tomonidan topshiriq sifatida tushuntirishdi. Yoshlarga ko‘proq e’tibor beriladi deyishgani uchun ketishga qaror qildim. Shu sababli “Bunyodkor” bilan xayrlashishim kutilmaganda ro‘y bergani yo‘q, vaziyat asta-sekin shunga qarab ketayotgandi.

- Superligada qator klublarda to‘p surdingiz va o‘z nomingizga ega bo‘ldingiz. Endi pro ligada to‘p surishingizni faoliyatingizda ortga tashlangan qadam sifatida baholayotganlar ham yo‘q emas. Bu xususida o‘zingiz nima deya olasiz?

- Yo‘q, men buni aslo orqaga qadam tashlash deb o‘ylamayman. Nimagaki, birinchidan, meni yoshimni ham hisobga olish kerak. Endi yosh futbolchi emasman. Ikkinchidan, pro liga o‘yinlari orqali ham muxlislarning hurmatini va ishonchini qozonishga harakat qilaman.

erkinov2_1

- Asosiy maqsadingiz nima? “Andijon”ga kelganingizdan keyin mahalliy muxlislarni sizdan umidi katta. Ularga nima degan bo‘lardingiz?

- Jamoani faqat Superligaga qaytarish, bu eng asosiy maqsadimiz. Gollarim va o‘yinlarim bilan muxlislarni xursand qilmoqchimiz. Albatta, gol urish eng muhimi emas, asosiysi, men uchun jamoamizning g‘alabalaridir. Shaxsiy yutuqdan ko‘ra, jamoaning yutug‘i ustun turadi.

- Pro ligada to‘purar bo‘lishga va’da berasizmi?

- Yo‘q. Ammo buning uchun harakat qilaman.

erkinov1_1

- Hech bo‘lmaganda nechta gol urishni rejalashtirib qo‘ydingiz?

- Hammasi Xudodan. Biz esa o‘z ustimizda ishlab, mehnat qilishda davom etaveramiz.

- Pro liga to‘p surish Superligaga nisbatan osonroqmi?

- Men bunday demagan bo‘lardim. Mana, o‘tgan yili Ro‘zimboy Ahmedov va “Neftchi” hujumchisi adashmasam 12 yoki 14 ta gol urib to‘purar bo‘lishdi. Superligada esa 16 ta gol urildi, baribir farqi bor. Shu bois oson deya olmayman, o‘ziga yarasha murakkabligi bor.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!