
Askren: "Maxachev o‘z faoliyatini vaqtida yakunlamasa..."
Sobiq Bellator va ONE FC chempioni Ben Askren engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev o‘z faoliyatini vaqtida yakunlamasa, mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishi haqida gapirdi.
“Bu dunyoda faqatgina vaqtni engib bo‘lmaydi. Demak, ertami-kechmi Islom aniq yutqazadi. Ammo u Xabib sabab MMA da qolsa-chi? Unda nima bo‘lishini bilmadim...O‘ylashimcha Maxachev mag‘lubiyatdan oldin faoliyatini yakunlagani yaxshi. Chunki agar u buni o‘z vaqtida qilmasa, ertami-kechmi obro‘siga putur etkazgan holda oktagonni tark etishga majbur bo‘ladi", – deya Askrendan iqtibos keltiradi Middle Easy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maxachev ikki yildan keyin qo‘lqoplarini osib qo‘yishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan edi.
Fikrlar