
Asker Najafaliev boshchiligidagi hakamlarimiz OChL-2 bahsida ishlaydi
Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar ligasi-2 musobaqasining guruh bosqich bahslari yakuniga etmoqda. Sharq mintaqasi 6-turi doirasida Indoneziyaning "Persib Bandung" jamoasi Xitoyning "Zejiang" klubiga qarshi saf tortadi. Ushbu to‘qnashuvda o‘zbekistonlik Asker Najafaliev ish olib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Baxtiyorxo‘ja Shavkatov yordam beradi. Yordamchi hakam sifatida Akobirxo‘ja Shukurullaev qayd etilgan.
Osiyo Chempionlar ligasi-2. Guruh bosqich, 6-tur
"Persib Bandung" - "Zejiang"
Rasmiylar:
Asker Najafaliev (Bosh hakam)
Ruslan Serazitdinov (1-Yordamchi hakam)
Baxtiyorxo‘ja Shavkatov (2-Yordamchi hakam)
Akobirxo‘ja Shukurullaev (Zaxira hakami)
Fikrlar