
Ashraf Hakimi: "Marokash orzusi shu erda tugadi"
Marokash terma jamoasi etakchilaridan biri Ashraf Hakimi Jahon chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Frantsiyaga qarshi bellashuvdagi mag‘lubiyat haqida gapirdi.
"Jamoa bor kuchini maydonga tashladi. Bizning orzumiz shu erda tugadi. Ammo erishganlarimiz bilan faxrlanishimiz kerak. Ilk soniyalardan final hushtagiga qadar kurashdik, mag‘lubiyatni boshimizni baland ko‘targan holda qabul qilamiz.
Vatanimiz uchun kurashishda davom etamiz. Bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat",-deb yozdi PSJ himoyachisi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Endi afrikaliklar mundial bronza medali uchun Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 17 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Fikrlar