Ashortia: "Men uchun Zeytullaev qo‘l ostida o‘ynash juda qulay"

  • 20 oktabr, 03:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

"Bunyodkor" Superliganing 25-turida "Navbahor" mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda ikkala golni ham Imeda Ashortia urishga muvaffaq bo‘ldi. Hujumchi ushbu uchrashuvdan keyin Sports.uz saytiga kichik intervyu berdi. 

- Avvalambor, ikkita golingiz va “Navbahor”ga qarshi o‘yindagi g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi mavsumingiz uchun ajoyib statistika qayd etmoqdasiz, jamoaning eng yaxshi to‘purarlaridan birisiz, ya’ni moslashish jarayoni sizda yaxshi kechdi. Bunga qanday erishdingiz?

- Rahmat. Agar siz gol ursangiz yoki assistentlik qilsangiz, bu har doim yaxshi, ayniqsa hujumchi bo‘lsangiz. Ammo menimcha, eng muhimi - jamoa natijasi. Shuning uchun, jamoamga gollarim yoki assistlarim bilan yordam bera olsam, xursand bo‘laman.

Ma’lumot uchun, Ashortia Superligadagi debyut mavsumida 7 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilib, 2 ta assist ham amalga oshirdi. 

- Bunday mavsumdan so‘ng albatta yaxshi takliflar bo‘ladi. Sizni keyingi mavsumda “Bundyodkor”da ko‘rishimiz mumkinmi?

- Menimcha, hozir takliflar haqida gapirishning vaqti emas. Mening asosiy e’tiborim jamoa va futbolchi sifatida mavsumni yaxshi yakunlash. Shundan keyingina men yangi mavsum haqida o‘ylayman.

"Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, gruziyalik hujumchining "qaldirg‘ochlar" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. 

- “Bunyodkor” joriy mavsum turnir jadvalida o‘zidan yuqori o‘rindagi jamoalarga etarlicha muammo tug‘dira oldi. Ammo “Bunyodkor” o‘z darvozasidan 4-5 ta gol o‘tkazib yuborib, mag‘lub bo‘lgan o‘yinlar ham bo‘lgan. Bu mavsumda jamoaga nima etishmayapti?

- Bilasizmi, kim raqib bo‘lishidan qat’i nazar, har uchrashuvga bir xil tayyorgarlik ko‘ramiz. lekin futbolda hamma narsani boshqara olmaysiz. har bir o‘yin qiyin. Barcha o‘yinlarni bir xil darajada o‘ynash juda qiyin.

- “Bunyodkor” yaqin yillarda chempionlik uchun kurasha oladigan jamoa bo‘lishiga ko‘pchilik ishonmoqda. Bu borada sizning fikringiz qanday?

- Menimcha, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Agar "Bunyodkor" rivojlansa, nega yo‘q. 

- Zeytullaev qo‘l ostida o‘ynagan futbolchi sifatida uning salohiyati bundan ham yuqori, deya olasizmi? Sizningcha, biz uni kelajakda Evropada ko‘ramizmi?

- Uning qo‘l ostidagi birinchi mavsumim va men uchun uning jamoasida o‘ynash juda qulay. menimcha janob Zeytullaevning murabbiy sifatida juda yaxshi salohiyatga ega.  Kelajakda unga muvaffaqiyat tilayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!