Asensioning agenti: Marko uchun 150-180 mln evro taklif qilishgan, lekin "Real" ularni ko‘rib chiqmagan
"Real" Madrid klubi vingeri Marko Asensioning agenti Orasio Gadjioli mijoziga katta-katta takliflar bo‘lgani haqida gapirdi.
“O‘tgan yili Asensio uchun 150-180 mln evrolik takliflar bo‘lgan, ammo “Real” ularni ko‘rib chiqmadi. U hamisha top klublar e’tiborida bo‘lgan. Biroq, Marko menga “Real”da baxtli ekani va faqat shu erda o‘ynamoqchiligini aytgan. O‘z navbatida klubdagilar ham undan minnatdor”, - deydi agent.
Ma’lumot uchun, Asensi “Real” safiga 2015 yil “Malorka”dan 3,5 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 131ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 27ta gol hamda 17ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.



Fikrlar