
Asensio Chempionlar ligasida rekordchiga aylandi
Marko Asensio Chempionlar ligasida zaxiradan maydonga tushib, gol urish borasida rekordchiga aylandi.
"Real" yarim himoyachisi "Chelsi" bilan chorak final uchrashuvining 71-daqiqasida maydonga tushdi va 74-daqiqada Vinisiusning uzatmasidan so‘ng hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Ispaniyalik futbolchi zaxiradan maydonga tushib Chempionlar ligasida 9 ta gol urdi. Ushbu ko‘rsatkich mutlaq rekord hisoblanadi. Sulsher, Karim Benzema va Myuller esa 7 martadan gol urishni uddalagan.
Fikrlar