Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev Jahon chempionatidagi yurishini muvaffaqiyatli boshladi!

  • 5 dekabr, 18:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri erkaklar o‘rtasida Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. IBA tashkiloti sha’feligida o‘tkazilayotgan ushbu turnirda terma jamoamiz a’zolari ham qatnashyapti. Bugungi dastrudan to‘rt nafar bokschimizning bahsi o‘rin olgandi.

Tecno

-67 kg vaznda hamyurtimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev va Bagama orollari vakili Rashield Uilyams jangi yakunlandi. Kutilganidek, mazkur qarama-qarshilikda charm qo‘lqop ustamiz katta ustunlik bilan harakat qildi va yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra zafar quchdi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Javohir Ummataliev va Sedrik Beloni-Duliepre (Gaiti) to‘qnashuvi kutmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!