
Arturo Vidal: "Liverpul"ga qarshi o‘yin biz uchun mavsumdagi eng qiyin o‘yin bo‘ldi
"Barselona" xavbeki Arturo Vidal kecha EChL yarim final dastlabki bahsida "Liverpul" (3:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bu joriy mavsumda o‘tkazgan eng og‘ir uchrashuvimiz bo‘ldi. Juda keskin vaziyat yuzaga keldi. Messi o‘zga sayyoradan kelgan. Lionel barchasini to‘g‘ri bajaradi. U maydonga chiqdi va 2ta gol urdi”, - deydi chililik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 7 may kuni “Enfild”da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar