Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol trilogiyasi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tmaydi!

  • 5 iyul, 14:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Dmitriy Bivol (24-1, 12 KO)  va Artur Beterbiev (21-1, 20 KO) trilogiyasi Rossiyada bo‘lib o‘tishi mumkin. Taniqli jurnalist Mayk Koppinger ijtimoiy tarmoqlarda jang atrofidagi vaziyatni quyidagicha izohladi:

Tecno

"Bivol va Beterbiev o‘rtasidagi uchinchi to‘qnashuv noyabr oyida, Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Biroq bokschilar Turki Al ash-Sheyxdan bellashuvni boshqa tashkilotchilar bilan birga Rossiyaga ko‘chirishni so‘radi. U esa mazkur g‘oyani ma’qulladi. Hozircha ushbu qarama-qarshilik qachon o‘tkazilishi noma’lum."

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik bokschilar o‘rtasidagi dastlabki ikki bahs Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!