Arteta 300 ta uchrashuvdagi g‘alabalar soni bo‘yicha
APLning 7-turidan o‘rin olgan "Arsenal" va "Vest Xem" uchrashuvi yakunladi. Bu uchrashuvda "to‘pchilar" Rays va Sakaning gollari evaziga "bolg‘alar"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bu bahs "qizillar" murabbiyi Mikel Arteta uchun APLda yubiley 300-uchrashuv bo‘ldi. Ispaniyalik mutaxassis shu davr mobaynida 177 ta g‘alabani tantana qildi va APLda 300 ta uchrashuvda eng ko‘p g‘alaba qozongan to‘rtinchi murabbiy bo‘ldi. U bilan birga Yurgen Klopp ham shu pog‘onani egallab turibdi.
Yuqori o‘rinlarda "Manchester Siti" murabbiyi Gvardiola 219 ta, Mourino "Chelsi" bilan 196 va Kenni Dalgilish "Liverpul" bilan 185 ta g‘alabaga erishgan.



Fikrlar