Arteta ustoziga osonlikcha yon bermoqchi emas

  • 10 yanvar, 2023, 13:48
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Siti"ga qarshi kechadigan Angliya kubogining bo‘lajak o‘yini haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Mamlakat kubogida doimo yuqori raqobat bo‘ladi. Bu turnirda top-klub bilan to‘qnash kelishga doim tayyor turish kerak. "Arsenal" har mavsumda bunday sinovlarga duch kelishga o‘rganib ketgan.

"Manchester Siti"ga qarshi uchrashuv oldidan ikki hafta vaqtimiz bor. Biroq bu xotirjamlikka berilishimiz kerak degani emas. Hushyorlikni susaytirmaymiz. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rish va ikkala uchrashuvda ham g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Har ikkala klub ham bir-birini juda yaxshi biladi", - deya ispaniyalik murabbiyning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 28 yanvar kuni Angliya kubogining 1/16 final bosqichi doirasida yuqorida nomi keltirilgan jamoalar o‘zaro bahs olib boradi.  O‘shandan 15 kun o‘tib esa ushbu klublar milliy chempionat doirasida ham maydonga tushishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!