Arteta "Siti"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

  • 25 yanvar, 2023, 22:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin borasida fikr bildirdi. 

Jamoalar Angliya kubogining 1/16 final bosqichida to‘qnash keladi. Bahs 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 

"Asosiysi - ishonch. "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda yutqazayotgan edik. Shunga qaramay, muxlislar va futbolchilar g‘alaba qozonishimiz mumkinligiga ishondi. 

Ayni damda ushbu bosqichga etib kelganimdan faxrlanaman. Klubni yuqori o‘rinlarga qaytarish uchun harakat qilyapmiz. 

Bizni dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi muhim o‘yin kutyapti. Men buni intiqlik bilan kutyapman", - dedi Arteta. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!