Arteta Sebalos haqida: U asosiy tarkib uchun kurashishi kerak

  • 25 yanvar, 2020, 01:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta ispaniyalik yarim himoyachi Dani Sebalos haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Men Dani bilan suhbatlashdim. Londonga kelganimda u Madridda "Real" qarorgohida edi. Biz u bilan birga atigi bir haftagina bo‘ldik. Shu sabab uning o‘yinini baholash uchun hali vaqtli.

Men u haqida ko‘p eshitdim, ammo bu mavzu bo‘yicha sharh bermoqchi emasman. Dani safga  qaytishi va boshqalardek asosiy tarkib uchun kurashishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng barchasini tahlil qilib, adolatli qaror chiqaramiz", - deydi Arteta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!