Arteta Obameyang masalasida yakuniy qarorga keldi

  • 16 fevral, 2020, 20:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa hujumchisi Per-Emerik Obameyangni qo‘yib yubormoqchi emas.

Tecno

Daily Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik mutaxassis klub rahbariyatidan 30 yoshli gabonlik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Turinning “Yuventus” klubi Obameyangni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Obameyang joriy mavsum “Arsenal” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!