
Arteta “Nyukasl”dan uchralgan mag‘lubiyatni izohladi
Xabaringiz bor, kecha Mikel Arteta boshchiligidagi “Arsenal” Angliya Liga kubogining javob uchrashuvida ham “Nyukasl Yunayted”ga mag‘lub bo‘ldi (2:0). Dastlabki to‘qnashuvda ham “to‘pchilar” xuddi shu hisobda imkoniyatni boy bergan edi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng ispaniyalik mutaxassis o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bizda ko‘p kutilmalar bor edi. Raqibning birinchi hujumi gol bilan yakunlandi, ammo hisobga olinmadi. So‘ng bizda ikkita imkoniyat bo‘ldi, ulardan foydalana olmadik va o‘yin ham o‘zgardi.
Biz jismonan charchayapmiz, juda ko‘p o‘yinlarni o‘tkazdik. Shu bilan birga, emotsional jihatdan ham qiyin kunlar bo‘lmoqda. Bu bellashuv oxirigacha ishonib, ijobiy natijaga erishiladigan o‘yin emas edi.
Buni qabul qilishimiz kerak. Birinchi o‘yin natijasi tufayli vazifa qiyin bo‘lishini bilardik. Avvaliga bu og‘riqli bo‘ladi, lekin biz oldinga qarashimiz kerak” – dedi “kanonirlar” bosh murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” navbatdagi bellashuvini Angliya Premer-ligasi doirasida 15 fevral kuni “Lester Siti”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar