
Arteta klub amalga oshirgan transferlardan rozimi?
Londonning "Arsenal" jamoasi ustozi - Mikel Arteta jamoa amalga oshirgan transferlar borasida fikr bildirdi. Mutaxassisning aytishicha, hammasi uni qanoatlantirmoqda.
"Transfer bozoridagi vaziyat oson bo‘lgani yo‘q. Umumiy hisobda 16-17 transfer sodir bo‘ldi. Jamoa bor kuchini ishga soldi. Rahbarlar tomonidan berilgan etibordan mamnunman. Imkoniyatdan kelib chiqib yaxshi futbolchilarni safga qo‘shib oldik.
Endi muhimi ularni jamoa bilan tezda chiqishib ketishi. Ayrimlar hali mashg‘ulot ham o‘tkazgani yo‘q. Biroz vaqtdan so‘ng, jamoaviy o‘yinimizga moslashib olishlaridan umidvorman. Transfer bozoridagi "xarid"larimizdan ko‘nglim to‘ldi."
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "kononirlar" yangi bosh murabbiy izlayotgani haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi.
Fikrlar