
Arteta: Gvardiolaga rahmat aytishim kerak
“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya kubogi finalida “Chelsi” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, “Manchester Siti”dagi ustozi Pep Gvardiolaga minnatdorlik bildirdi.
“Men hammasi uchun Pepga rahmat aytishim kerak, chunki aynan uning mehnatlari bilan murabbiy bo‘ldim.
Men futbolchilarim bilan faxrlanaman. Rahbariyat meni jamoani chempionlikka qaytarish uchun olib kelgandi. Men esa bildirilgan ishonch uchun rahbariyatdan minnatdorman”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, kubok finalidagi g‘alaba "Arsenal"ga Evropa ligasi yo‘llanmasini taqdim etdi.
Fikrlar