Arteta debyut mavsumidayoq sovrin yutgan "Arsenal"ning so‘nggi 33 yildagi ilk murabbiyiga aylandi

  • 2 avgust, 2020, 00:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Arsenal” bugun Angliya kubogi finalida “Chelsi”ni 2:1 hisobida engdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Bu esa “kanonirlar” ustozi Mikel Arteta uchun bosh murabbiy sifatida qo‘lga kiritgan ilk sovrini bo‘ldi. Bundan tashqari, 38 yoshli ispaniyalik mutaxassis “Arsenal” safida so‘nggi 33 yilda debyut mavsumida sovrin yutgan birinchi murabbiyga aylandi.

Bunday vazifani so‘nggi marta 1986/87 yilgi mavsumda Jorj Grem qayd etgan edi. U “Arsenal”da 9 yil ishlab, jami 7 ta sovrin qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!