
Arteta "Brentford"ning goli haqida: "Uyat!" (video)
APL 23-turi doirasidagi "Arsenal" - "Brentford" uchrashuvida tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
"Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaning fikriga ko‘ra, raqibning goli hisobga olinmasligi lozim edi.
- "Brentford" futbolchisi kiritgan to‘p ofsayddan urilganmidi?
"Men hozirgina epizodni qayta ko‘rdim. Ha, bu ofsayd. Uyat, lekin hafta so‘ngida bizga tushuntirish berishadi".
Quyida ispaniyalik mutaxassisning e’tiroziga sabab bo‘lgan golni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar