
Arteta bilan chiqisha olmayotgan yulduz “Arsenal”ni tark etadi
“Arsenal”ning etakchi himoyachilaridan Ektor Belerin tez orada klubni tark etishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik futbolchi va bosh murabbiy Mikel Arteta o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan va bu Belerinning faoliyatiga salbiy ta’sir qilmoqda.
Hozircha, Beleringa “Inter” va “Atletiko”dan qiziqish borligini aytilmoqda. O‘tgan mavsumda ispan himoyachisi barcha turnirlar 35 marotaba maydonga tushib, bitta gol urgan va to‘rtta assistni amalga oshirgan edi.
Avvalroq, “Arsenal” Mikel Arteta o‘rniga “Inter”ni chempion qilgan Antonio Konteni olib kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar