
Arteta “Arsenal”ni chempion qiladigan ideal forvard topdi, biroq...
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta klub rahbariyatidan “Brentford” hujumchisi Eyvan Tounini olib kelishni so‘rayapti.
Ispaniyalik mutaxassis Eyvan Touni unga Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqishga yordam berishiga ishonmoqda.
Biroq klub rahbariyati bosh murabbiyning bu iltimosini qondira olmasligi aytilmoqda. Chunki “Brentford” xo‘jayinlari bir necha grand klub nishonida turgan futbolchini 100 million evroga baholamoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, “kanonirlar” ayni paytda bu transferni ko‘tara olmaydi.
Eyvan Touni o‘tgan mavsumda qimorga pul tikkani uchun sakkiz oyga diskvalifikatsiya qilingan edi. Tez kunlarda u yana maydonga qaytishiga ruxsat beriladi. Futbolchining o‘zi omadini boshqa klublarda sinab ko‘rish niyatida.
Fikrlar