"Arsenal"ning sobiq hujumchisi faoliyatini yakunladi

  • 3 iyun, 2021, 18:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi va Daniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Niklas Bendtner faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Tecno

“Men bu ishning oxiri borligini bilaman. Barchasi tugaganligini anglashim uchun menga ko‘p vaqt kerak bo‘ladi deb o‘ylayman. Endi men futbol bergan narsani beradigan yana bir narsani qilishim kerak.

Futbol hayotimning ajralmas qismi va men bundan ketishni istamayman. Shu sababli men murabbiylik bo‘yicha tahsil olaman”, - dedi Niklas.

Bendtner “Arsenal”dan tashqari “Yuventus”, “Volfsburg” va “Kopengagen” klublarida ham to‘p surgan. Daniya terma jamoasida 81 ta o‘yinda ishtirok etgan va 30 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!