
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi 60 kg giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga tushdi
Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Jey Emmanul-Tomas “Stansted” aeroportida chegaradan 60 kilogramm giyohvandlik moddasi olib o‘tmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Ushbu narkotiklarning umumiy qiymati 600 ming funt sterling hisoblanadi.
Yaqin vaqtgacha Hindistonning "Jamshedpur" klubida to‘p surgan 33 yoshli futbolchi endi bu qilmishi uchun sud oldida javob beradi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi "Arsenal" akademiyasi bitiruvchisi bo‘lib, kattalar jamoasida atigi bitta o‘yin o‘tkazgan, shundan so‘ng 2011 yilda uni tark etgan. U, shuningdek, "Kuinz Park Reynjers", "Ipsvich Taun", Shotlandiyaning "Aberdin" va "Livingston" kabi klublarida o‘ynagan.
Fikrlar