
"Arsenal"ning qishki transferlar davridagi ilk xaridi kim bo‘lishi ma’lum
Londonning “Arsenal” klubi qishki transferlar davrida “Lester” yarim himoyachisi Uilfred Ndidini o‘z safiga qo‘shib olishi kutilmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” ustozi Mikel Arteta davralar oralig‘ida jamoaning yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi va bu borada aynan 23 yoshli nigeriyalik futbolchining nomzodini ilgari surmoqda. “Arsenal” Ndidi uchun “tulkilar”ga 47 mln evro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Ndidi joriy mavsum 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar