
"Arsenal"ning muhim futbolchisi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olib, safdan chiqdi
Payshanba kuni "Arsenal" yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida "Tottenxem"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. "Shporlar" bellashuvda minimal — 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning ikkinchi yarmida "Arsenal" etakchilaridan biri Bukayo Saka maydonni tark etdi — u shifokorlar hamrohligida olib chiqildi. Unga jarohat etgani taxmin qilinmoqda.
Bu holat "kanonirlar" muxlislarini jiddiy ravishda xavotirga solmoqda, chunki yangi mavsum boshlanishiga oz fursat qoldi. Yaqin vaqt ichida klub Sakaning ahvoli haqida rasmiy ma’lumot berishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Angliya Premer-ligasining birinchi turida "Arsenal" safarda "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin yakshanba kuni, 17 avgustda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar