
“Arsenal”ning keyingi nishoni ma’lum
Sky Sport Germany nashri xabar berishicha, Londonning “Arsenal” klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Bavariya”dan Leroy Saneni xarid qilmoqchi.
Manbada yozilishicha, “kanonirlar” 28 yoshli vingerni shu yozda o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Bu transfer “to‘pchilar”ga 60-70 million evroga tushishi mumkin. Biroq, Leroyning o‘zi Myunxen klubida qolmoqchi.
O‘tgan mavsum Sane “Bavariya” safida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urib, 13 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar