"Arsenal"ning jarohat olgan futbolchisi kutilganidan tezroq safga qaytmoqda
Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Kay Xaverts kutilganidan oldinroq safga qaytishi mumkin.
"HandofArsenal" nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, klub xodimlari 26 yoshli futbolchini tiklanish jarayoniga bo‘lgan munosabatidan hayratda qolgan. Yaqin kunlarda hujumchi jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytishi kutilmoqda. U hozirda tiklanishning so‘nggi bosqichini o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik forvard APLning birinchi turida "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda tizzasidan jarohat olgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Arteta shogirdlari bu turda "Fulxem" maydoniga safar qiladi. Bu jamoalar o‘rtasidagi bellashuv 18 oktyabar kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30'da start oladi.



Fikrlar