
"Arsenal"ning ijaradagi futbolchisi ortga qaytdi
Mavsumni «Sent-Eten» klubi safida ijarada o‘tkazgan himoyachi Vilyam Saliba yana «Arsenal»ga qaytdi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, “kanonirlar” 19 yoshli futbolchi Frantsiya kubogi finalida ishtirok etishi uchun “Sent-Eten” bilan ijara shartnomasini uzaytirish masalasida muzokaralar o‘tkazgan, ammo, bu muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Eslatib o‘tamiz, “Sent-Eten” va PSJ klublari o‘rtasidagi Frantsiya kubogi bahsi 24 iyul kuni «Stad de Frans» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Saliba muddatidan avval yakunlangan Frantsiya chempionatida 12 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar