
"Arsenal"ga qarshi bahsda "Real" tarkibida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Federiko Valverde "Real Madrid" safida "Arsenal"ga qarshi yarim himoya chizig‘ida o‘ynaydi.
"Marca" nashri bugun Ispaniyada o‘tkaziladigan Chempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvida Madrid jamoasi tarkibi haqida ma’lumot berdi. Birinchi uchrashuv 3:0 hisobida inglizlar foydasiga yakunlangan edi.
Xabar qilinishicha, himoyada o‘ng qanotda Lukas Vaskes, chap qanotda esa David Alaba o‘rin egallaydi. Himoya markazini Antonio Ryudiger va Raul Asensio tashkil etadi.
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Rodrigo yoki Luka Modrich bilan boshlang‘ich tarkib variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Tanlov o‘yin boshlanishiga yaqin qilinadi.
Fikrlar