
"Arsenal"ga qarshi bahs oldidan "Bavariya" uchun noxush xabar! Keyn jarohat sabab maydonni erta tark etdi
"Bavariya" klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn "Darmshtadt"ga qarshi bahsda bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Ammo u 82-daqiqada jarohat sabab zaxiraga olindi.
Hozircha uning qancha muddatga safdan chiqqani noma’lum. Tibbiy xulosalar tez orada ma’lum qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, "Bavariya" 9 aprel kuni tungi soat 00:00 da UEFA chempionlar ligasi doirasida "Arsenal"ga qarshi saf tortadi.
Fikrlar