
“Arsenal”dan ketaman!
“Arsenal” yarim himoyachisi Emil Smit-Rou muhitni o‘zgartirishga qaror qildi. Angliyalik futbolchi yanvarda ish joyini o‘zgartirmoqchi.
23 yoshli o‘yinchining bu qarorga kelishiga London klubida etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sabab bo‘ldi. Smit-Rou joriy mavsumda faqat bir marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi.
Emil Smit-Rou Angliya terma jamoasi safida “Evro-20204” musobaqasida qatnashmoqchi. O‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, terma jamoadan taklif olmasligini yaxshi bilan futbolchi o‘zini muntazam maydonga tushiradigan jamoaga o‘tmoqchi.
Emil Smit-Rouning transferi 35 million evro atrofida baholanmoqda. Katta ehtimol bilan “kanonirlar” qishda uni ijaraga berib yuboradi.
Fikrlar