
"Arsenal" yarim himoyachi transferi uchun 50-60 million evro sarflashiga to‘g‘ri keladi
“Arsenal” bu mavsum Premer-ligada g‘oliblik uchun kurashib ko‘rmoqchi va qishda klub tomonidan transferlar uchun katta mablag‘ sarflanishi kutilmoqda. Nishonga “Shaxtyor” futbolchisi Mixaylo Mudrik ham olingan.
Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Mudrik uchun jamoa harakatni yozda boshlagan. O‘sha vaqtda “Arsenal” skautlari futbolchini agenti bilan aloqada bo‘lgan, lekin hech qachon “Shaxtyor”ga rasmiy taklif jo‘natilmagan. “Kanorirlar” uni hali ham qo‘lga kiritishni xohlaydi va vaztyatni kuzatib bormoqda. Endilikda, 21 yoshli vingerni sotib olish oson emas. Sababi, u uchun 50-60 million evrodan ko‘proq pul talab qilinmoqda.
Mudrik ushbu mavsum barcha chempionatlarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 7 ta asisst amalga oshirdi.
Fikrlar