"Arsenal" yaqin fursatlarda yangi transferni e’lon qilishi kutilmoqda

  • 19 yanvar, 2023, 15:46
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brayton" yulduzi Leandro Trossard faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga yaqin turibdi.

Tecno

Mashhur insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, u "Arsenal" tarkibiga borib qo‘shiladi. Tomonlar kelishuvga erishib ulgurgan. Londonliklar tez fursatlarda transferning barcha ishini yakunlaydi.

28 yoshli vinger Jahon chempionatidan keyin deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgandi. "Brayton" bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi buni Leandroning xulqi o‘zgargani bilan izohlagan.

Trossard joriy mavsum jamoa libosida 17 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 gol hamda 3 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!