"Arsenal" yaponiyalik himoyachi bilan shartnomani bekor qildi

  • 4 iyul, 16:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" qanot himoyachisi Takexiro Tomiyasu bilan shartnomasini bekor qildi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.

Tecno

Londonliklar deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan va surunkali jarohatlardan boshi chiqmayotgan yaponiyalik futbolchi bilan ikki tomonning kelishuvi bilan shartnomasini bekor qildi. Ximoyachining amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljalllangan edi.  O‘z vaqtida "to‘pchilar" ning asosiy himoyachisi bo‘lgan Tomiyasu so‘ngi vaqtlarda doimiy jarohatlardan qutila olmayapti va bu klub rahbariyatining noroziliklariga sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi 2021 yilda "Bolonya" dan 18 million evro evaziga sotib olingandi. Takexiro London klubi safida APL da umumiy 65 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!