
“Arsenal” yanvarda katta transferga qo‘l uradi
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta qishki transferlar vaqtida tarkibga yangi hujumchi qo‘shib olmoqchi.
“Kanonirlar” asosiy nishon sifatida “Brentford” hujumchisi Eyvan Tounini belgilagan edi. Bu futbolchi hozir diskvalifikatsiya muddatini o‘tamoqda va 16 yanvarda undan ta’qiq echiladi.
“Aston Villa” forvardi Olli Uotkins to‘purarlik mahoratini namoyish qila boshlaganidan keyin “Arsenal” mutasaddilar 27 yoshli futbolchina e’tibor qaratdi.
Olli joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda ettita gol urdi va to‘rtta golli pas uzatdi. Garchi u jamoasi bilan shartnomani 2028 yilning iyunigacha uzaytirgan bo‘lsa-da, “to‘pchilar” bu transferni 55 million evroga hal qilmoqchi.
Fikrlar