"Arsenal" yangi darvozabon topdi

  • 5 dekabr, 21:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Parma" darvozaboni Zion Suzuki xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.  

Tecno

"Calciomercato" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, "to‘pchilar" yaponiyalik darvozaboni Rayaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, London klubi posbon uchun hali rasmiy taklif jo‘natmagan.Transfer yozda amalga oshishi mumkin. 

23 yoshli darvozaboning hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 20 million evroni tashkil etadi. Uning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi. 

Eslatib o‘tamiz, yaponiyalik posbon joriy mavsum "Parma" safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 4 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!