“Arsenal” yana bir transferni e’lon qildi

  • 25 iyul, 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida muntazam chempionlik uchun kurashib kelayotgan Londonning “Arsenal” klubi o‘z safiga iqtidorli yangi futbolchini qo‘shib oldi.

Tecno

Klub matbuot xizmati jamoaga 21 yoshli markaziy himoyachi Kristian Moskera olib kelingani haqida rasmiy xabar tarqatdi.

Ispaniyalik futbolchi La Ligada “Valensiya” asosiy tarkibida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib kelayotgan edi.

Taniqlik insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, bu transfer “kanonirlar”ga 15 million evro evaziga tushgan. Shuningdek, londonliklar himoyachining ishtirokiga qarab, ispan klubiga turli bonuslarni ham to‘lab boradi.

Moskera “Valensiya”ning asosiy jamoasi uchun barcha turnirlarda 90 ta uchrashuv o‘tkazgan va himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari bitta gol ham urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!