“Arsenal” yana bir braziliyalik futbolchini sotib olmoqchi

  • 25 avgust, 2022, 12:24
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" "Lion" yarim himoyachisi Lukas Paketaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “RMC Sport” nashrining belgiyalik muxbiri Sasha Tavoleri ma’lum qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, "kanonirlar" Paketani "Lester" a’zosi Yuri Tilemansga alternativ sifatida ko‘rmoqda. Shuningdek, klub futbolchini hozir sotib olishi shart emas, balki qishgacha kutishga ham tayyor.

Qolaversa, "Lion"ning AQShdagi yangi egasi Jon Tekstor (garchi kelishuv hali rasmiylashtirilmagan bo‘lsa ham) jamoasi chempionlik uchun PSJ bilan raqobatlashishga tayyor ekanligini aytgan. Bunday vaziyatda u etakchilardan birini qo‘yib yuborishni istamasa kerak.

Avvalroq, “Lion” “Vest Xem”ga Paketani sotishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.

24 yoshli braziliyalik o‘tgan mavsumda "Lion"ning barcha turnirlari doirasidagi 44 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 gol va 7 golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!