"Arsenal" va "Manchester Yunayted" "Bavariya" himoyachisi uchun kurashadi

  • 18 yanvar, 2024, 22:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bavariya” himoyachisi Matteys de Ligt yozda klubini o‘zgartirishi mumkin, deya xabar beradi "Bild" nashri. 

Tecno

Chunki u hozirda Kim Kim Je va Dayot Upamekanodan keyin jamoaning uchinchi markaziy himoyachisi hisoblanadi. Kuni kecha matbuotda Erik ten Xagning de Ligtni "Manchester Yunayted"ga o‘tkazish istagi borligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, 24 yoshli himoyachi "Arsenal"ning ham radarida. London klubi ham yozgi mavsumda niderlandiyalik futbolchi uchun kurashadi. Avvalroq Matteys de Ligt qishda “Bavariya”ni tark etmasligi haqida xabar berilgandi. Joriy mavsumda himoyachi 12 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. "Transfermarkt" portali uni 65 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!