
“Arsenal” va “Chelsi” gigant o‘yinchi uchun kurashyapti
Portugaliyaning Record nashri Angliya grandlaridan “Chelsi” va “Arsenal” 19 yoshli Usmon Dioandeni transfer qilishni istayotgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Ayni paytda iqtidorli markaziy himoyachi “Sporting” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Usmon yuqori darajadagi mahoratidan tashqari, jismoniy holati bilan ham grandlar e’tiborini tortmoqda. Bu o‘yinchining bo‘yi 190 santimetrni tashqil qiladi. Lekin baquvvat mushaklari tufayli ancha baland ko‘rinadi.
Angliyalik skautlar Diomandening o‘yinini Kot-d'Ivuar va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kuzatib bordi.
“Arsenal” yozda ivuarlik o‘yinchi uchun 35 million evro taklif qilib, portugaliyaliklar rad javobini olgandi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Sporting” hozir Usmonga yangi shartnoma berib, ushbu hujjatda badal summasini 80 million evro atrofida belgilash bo‘yicha ish olib boryapti.
Fikrlar