
"Arsenal" uni tekinga qo‘yib yuborishga ham tayyor
“Arsenal” himoyachisi Sokratis Papastatopulos tez orada jamoani tark etadi.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, “kanonirlar” gretsiyalik futbolchini tekinga qo‘yib yuborishga tayyor. Unga APL, Gretsiya va Turkiya klublaridan qiziqishlar bor. Ayni damda futbolchining agenti “Arsenal” bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.
32 yoshli Sokratis joriy mavsum “Arsenal” safida bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. U London klubiga 2018 yil “Borussiya” Dortmunddan ko‘chib o‘tgan edi. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar