"Arsenal" to‘purar hujumchi bilan shartnoma imzolash arafasida

  • 8 iyun, 17:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi Bundesliganing yosh hujumchisi Benjamin Sheshkoni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini optimistik tarzda baholamoqda. 
 
Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, "to‘pchilar" hozircha "RB Leyptsig" bilan transfer summasi bo‘yicha kelishuvga erishmagan. Biroq, londonliklar bitim oxir-oqibat amalga oshishiga ishonch bildirmoqda. Sheshko Mikel Arteta jamoasiga o‘tishga tayyor ekanini bildirgan va klublar o‘rtasida kelishuv bo‘lishini kutmoqda. Ilgari xabar qilinganidek, Sheshko "kanonirlar"ga taxminan 50-60 million evroga tushishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Benjamin o‘tgan yozda Londonning boshqa bir klubi - "Chelsi"ga o‘tish arafasida bo‘lgan edi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 22 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, 21 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Sloveniyalik forvardning Transfermarkt portalidagi narxi esa 70 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!