"Arsenal" "Shaxtyor" futbolchisini o‘z safida ko‘rmoqchi

  • 16 dekabr, 2020, 16:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi "Shaxtyor"ning isroillik yarim himoyachisi Manor Solomonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

The Online Gooner nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “kanonirlar” 21 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Uning joriy mavsum Chempionlar ligasida ko‘rsatgan o‘yinlari “Arsenal” rahbariyatida ijobiy taassurot qoldirgan.

Solomon joriy mavsum “Shaxtyor” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!