"Arsenal" qishki transferlar oynasida hujumchisidan qutilmoqchi
"Arsenal" qishki transferlar oynasida hujumchi Gabriel Jezusni sotish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Braziliyalik futbolchi jiddiy tizza jarohatidan so‘ng hali maydonga qaytmagan.
"Goal" nashrining "Daily Mail"ga tayanib xabar berishicha, "Arsenal" 28 yoshli Jezusni 45 million funt (taxminan 51,6 million evro) evaziga sotishga tayyor.
Futbolchiga "Everton", "Flamengo" va "Palmeyras" klublari qiziqish bildirmoqda.
Gabriel "kanonirlar" safida jami 96 ta o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol urgan va 20 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" 7 turdan so‘ng 16 ochko jamg‘arib, Angliya Premer-ligasi peshqadamligini saqlab turibdi.



Fikrlar