
“Arsenal” qadrlamayotgan to‘purarga superklub xaridor bo‘lyapti
“Arsenal”ning frantsiyalik hujumchisi Aleksandr Lyakazett yozda jamoani tark etishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan.
“Kanonirlar”ga kerak bo‘lmay qolgan to‘purarga hozirning o‘zida ikki klub xaridor bo‘lmoqda. Anchadan beri hujumchi qidirayotgan “Yuventus” va “Tottenxem” bu masalani 29 yoshli frantsiyalik futbolchi transferi orqali hal qilmoqchi.
Lyakazett joriy mavsumda premer-ligada 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va ikkita golli pas uzatdi.
Fikrlar